Kichik biznes
Yangi do‘kon yoki ustaxonaga kerakli mahsulot va vositalarni birga tanlaymiz.
XARIDDA HAM, HAMKORLIKDA HAM — ASHYO
Kerakli mahsulot, ishga mos uskuna yoki yangi xaridor — rejangiz qanday bo‘lmasin, birga yo‘l topamiz. Siz nima kerakligini ayting, qolganini Ashyo jamoasi bilan kelishib olasiz.

SIZGA QANDAY YORDAM BERAMIZ?
BITTA MAHSULOTDAN KATTA BUYURTMAGACHA
O‘zingiz uchun xarid qilyapsizmi yoki biznesingizga katta miqdorda mahsulot kerakmi? Nima izlayotganingizni ayting. Mos variantlarni ko‘rib chiqamiz, narx va buyurtma shartlarini ishlab chiqaruvchi bilan aniqlashtiramiz.
Mahsulotni qayerda ishlatishingiz va qancha kerakligini ayting — tanlashda ko‘maklashamiz.
Xususiyatlar, mavjudlik va buyurtma miqdorini oldindan aniqlashtiramiz.
Turli ishlab chiqaruvchilardan mahsulot kerak bo‘lsa ham, muloqotni Ashyo orqali davom ettirasiz.
YANGI ISHGA BIRINCHI QADAM
Do‘kon ochish, ustaxona tashkil etish yoki ishlab chiqarishni boshlash niyatingiz bormi? Qaysi uskuna va materialdan boshlashni bilmasangiz, maslahatlashamiz. Rejangiz va budjetingizga qarab variantlarni ko‘rib chiqamiz.
Qanday ish boshlamoqchisiz? Nimalar kerak bo‘lishini birga aniqlaymiz.
Kerakli uskuna, texnologiya va materiallarning farqini tushunishga yordam beramiz.
Xarid oldidan sizni qiziqtirgan savollar va ta’minot shartlarini ko‘rib chiqamiz.
MAHSULOTINGIZNI KO‘PROQ XARIDORGA TANITING
Mahsulotingizni kengroq tanitmoqchimisiz? Ashyo orqali uni xaridorga tushunarli taqdim etish va yangi hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qilamiz. Ishlab chiqarishingiz haqida gapirib bering.
Profil, suratlar, xususiyatlar va buyurtma shartlarini xaridorga qulay ko‘rsatishni kelishamiz.
Ehtiyoj, miqdor va buyurtmaga oid savollarni aniqlashtirishga yordam beramiz.
Sotuvni kengaytirish, yangi xaridorlarga chiqish va davomli hamkorlik haqida maslahatlashamiz.
SIZ TANLAYSIZ, BIZ KO‘MAKLASHAMIZ
Ashyo xaridor va ishlab chiqaruvchini bir maqsad atrofida birlashtiradi. Sizga kerakli mahsulotni aniqlash, uning xususiyatlarini tushunish va xarid shartlarini kelishishda yordam beramiz. Shaxsiy xarid bo‘ladimi yoki biznes uchun buyurtmami — savollaringizni bemalol bering.
Do‘kon, ustaxona va korxonangizga kerakli uskuna, mahsulot va materiallar.
Kundalik ehtiyojlaringiz va shaxsiy loyihalaringiz uchun mos mahsulotlar.
HAMKORLIK BOR JOYDA IMKONIYAT BOR
Kichik biznesdan yirik ishlab chiqaruvchigacha — hamkorlar bilan muloqot sizga mos taklifni topishga yordam beradi. Nima va qancha kerakligini ayting: narx, mavjudlik va ta’minot shartlarini birga aniqlashtiramiz.
Mahsulot, miqdor va rejangiz haqida yozing.
Mos mahsulot va xarid shartlarini aniqlashtiramiz.
Taklif bilan tanishib, qaroringizni qabul qiling.
Yakuniy narx buyurtma miqdori, mahsulot mavjudligi va yetkazib beruvchi shartlariga bog‘liq. Xarid oldidan taklifni menejer bilan kelishib olasiz.
BIZNESINGIZ BILAN BIRGA
YaTT (yakka tartibdagi tadbirkor), oilaviy korxona yoki MChJ (mas’uliyati cheklangan jamiyat) — biznesingizning shakli va hajmi qanday bo‘lmasin, rejalaringizni eshitishga tayyormiz.
Yangi do‘kon yoki ustaxonaga kerakli mahsulot va vositalarni birga tanlaymiz.
Yangi uskunalar, faoliyatni kengaytirish va doimiy ta’minot haqida maslahatlashamiz.
Katta buyurtmalar va uzoq muddatli hamkorlik uchun mos shartlarni muhokama qilamiz.
TANISHUV SUHBATDAN BOSHLANADI
Xarid qilmoqchimisiz yoki mahsulotingizni Ashyoda namoyish etmoqchimisiz? Avval tanishaylik. Savollaringizni tinglaymiz, imkoniyatlarni ko‘rib chiqamiz va qayerdan boshlashni birga kelishib olamiz.
Keling, maslahatlashamizBog‘lanish uchun ma’lumotlaringizni qoldiring. Ofisga kelmoqchi bo‘lsangiz, avval uchrashuvga yoziling va menejer tasdig‘ini kuting.